Umumiy xulosa
Men o'zimni tizimshunos sifatida tanishtiraman. Bu yo'lni o'zimdan-o'zim tanlaganmanmi yoki bu uchun menda sabablar bormi? Albatta sabablar ko'p. Xattoki psixologik holatim ham meni aynan shu ishni bajarishga moyilligim kattaligini anglatadi.
IQ darajam 110 ni tashkil qiladi. Bu dunyo aholisining 75% idan yuqori natija ekanini anglatadi, bu esa murakkab muammolarni yechishda va andozalarni aniqlashda ustunlik beradi.
MBTI, DISC va PAEI testlaridagi natijalarimdan ham guvohi bo'lishingiz mumkinki, mening resurslarni tartibga solish, jarayonlarni standartlashtirish va tizimli samaradorlikni oshirishga bo'lgan tabiiy moyilligim qolganlarga nisbatan yuqori.