Biznesingizni xuddi yangi uy kabi tasavvur qiling. Avvaliga xona bo'm-bo'sh va mukammal toza bo'ladi. Unga yangi jihozlar, loyihalar va jarayonlar qo'shganingiz sari, u chiroyli ko'rinishni va qulayliklar berishni boshlaydi.
Lekin vaqt o'tishi bilan, bu jihozlardan doimiy foydalanish xonada tabiiy tartibsizlikni yuzaga keltiradi. Shu qadar ko'p yangiliklar qo'shilganki, endi har bir qo'shimcha o'zgarish sizni ortga tortayotgandek tuyuladi.
Aynan shu nuqtada kimdir bu xonani tartiblab, eng yaxshi holatiga keltirishi kerak. O'zim haqimda qisqacha aytadigan bo'lsam, men shu xaosni tozalovchi arxitektorman:
Eng katta chalkashliklarni tizimga solaman va eng sodda holatga keltiraman.
Odamlarni texnik atamalar bilan charchatmayman. Murakkab narsalarni hamma tushunadigan tilda yetkazaman.
Mantiq quruq bo'lmasligi kerak. Men standartlardan tashqari, yangicha va estetik yechimlar yarataman.
Qobiliyatlar va mantiq asboblarsiz shunchaki nazariya bo'lib qoladi. Men xaosga quruq qo'l bilan kirmayman. Har bir g'oyani raqamli reallikka aylantirish uchun aniq ekotizimdan foydalanaman:
Xaosni birinchi bo'lib qog'ozga to'kadigan, mantiqiy xarita va arxitekturani chizadigan asosiy poligonim.
Qurollar tayyor, mexanizmlar sozlangan. Men sizning atrofingizda bo'layotgan jarayonlarni tartiblash orqali natijangizni oshirishga tayyorman. Endi navbat sizga.
Loyihangizdagi muammolarni markaziy qutiga yuklang